xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

❗️678 nafar abituriyent barcha fanlardan test sinovlaridan ozod qilingan
#abituriyent

Ular barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani uchun test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilgan. Qizig‘i, o‘tgan yili faqat 1 nafar abituriyentda barcha fandan sertifikati bo’lgan.

Bunday vaziyatda odatda abituriyentlar maksimal 189 ballni testga kirmasdan naqd qilib qo’yadi. Ammo ayrim abituriyentlarda milliy sertifikat foizli chiqqan bo’lsa, unda maksimal ball emas, foizga mutanosib ball berilishi ham mumkin.

Shuningdek, bu yil 85 ming 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 ming 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 ming 180 va 44 ming 834 nafarni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚧 Toshkentdagi chorrahalardan biri 2 kunga yopiladi

❓Qaysi chorraha?


Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorraha.

Bunda:

📍Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
📍Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.

Qancha muddatga?

Bugun, 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha

Nima sababdan?

Chorrahada qurilish-montaj ishlari olib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
#abituriyent

UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi:

👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi

Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi.

✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.

✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ulug‘bek Rashitov 2 yilga musobaqalardan chetlatildi

Xalqaro doping-test agentligi hisobotida aytilishicha, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov so‘nggi bir yil ichida 3 bor o‘rnatilgan qoidalarni buzgan.

Shu bois, agentlik uni 2027-yil 12-mayga qadar musobaqalardan chetlatdi hamda 2025-yil 3-fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalarini bekor qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul ochildi.

Onlayn ariza topshirish sahifasi:
https://my.edu.uz/service/5?slug=admission_secondary


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi

Bungacha poytaxtning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida shunday gavjum ko‘chalar tashkil etilgan edi.

Bunyodkor ko‘chasi mazkur turizm halqasining bir qismi bo‘ladi. Shahar bo‘ylab 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga tashrif buyurib, mahallalardagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonaga olib borishga ehtiyoj bo‘lmagani sababli uylariga ruxsat berilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Andijon viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJning soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MChJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytgan.

So‘ngra hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan va muqaddam MChJ ta’sischisidan 500 dollar olgan.

Ammo, u qolgan 2 ming 500 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

***

Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MChJ rahbaridan 2 ming 500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qarshi xalqaro universiteti ta’lim chegaralarini kengaytirmoqda!

Jumladan, universitet Polshaning Gdansk universiteti, Hindistonning ICFAI va President universitlari, Italiyaning Meditteranea va Latviyaning Turiba universiteti bilan shartnoma imzoladi.

Siz ham safimizga qoʻshiling va oʻz yoʻlingizni keng imkoniyatlarga oching!

📑 Litsenziya (№327633, 29.07.2022-y.)

🔝 555009944 | @kiu_admin

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DXX: Guliston shahar prokurori o‘rinbosari 10 ming dollar olayotganda ushlandi

Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘raydi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksi 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident farmoni bilan, Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Baxadir Rajabboyevich “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

Mukofot Xorazm viloyati Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila a‘zolariga topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.

Buning uchun, Toshkent halqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yanayangi 6 ta marshrut qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik bo‘ladi.

Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi”, deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz”, - dedi davlatimiz rahbari.


Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1-sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1-yanvardan joriy qilish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eldor Shomurodov faoliyatini 🇹🇷Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasida davom ettiradi.

Turkiya klubi Eldorni 🇮🇹 "Roma"dan sotib olish huquqi bilan 1 mavsumga ijaraga oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ZARMED Universitetida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda

🔥 Buxoro va Samarqand kampuslarida 10.000 dan ortiq talabaga ta'lim berib kelayotgan ZARMED Universiteti yangi oʻquv yili uchun abituriyentlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi:

• 4 yildan 6 yilgacha qoplanuvchi 200 ta grant;
• 100 ta 10.000.000 so'mgacha boʻlgan nomdor stipendiyalar;
10.800.000 soʻmdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari;
Yirik event'larida ishtirok etish imkoniyati;
Zamonaviy sharoitlarga ega Samarqand va Buxoro kampuslarida ta'lim;
• Universitet granti asosida chet elda amaliyot.


📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.)

Bu yilgi "kvota" oʻrinlari to'lmoqda. Oʻz oʻrningizni band qilish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring.

👉 Ariza topshirish

📞 Murojaat uchun:
55-704-70-70 | @zarmeduniadmin

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚙 O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.

Hududlar bo‘yicha statistika quyidagicha:

▪️Toshkent shahri – 49 ming 736 dona;
▪️Toshkent viloyati – 4 ming 512 dona;
▪️Samarqand – 1 ming 739 dona;
▪️Xorazm – 1 ming 415 dona;
▪️Farg‘ona – 1 ming 376 dona;
▪️Qashqadaryo – 1 ming 338 dona;
▪️Buxoro – 1 ming 133 dona;
▪️Navoiy – 901 dona;
▪️Andijon – 878 dona;
▪️Namangan – 700 dona;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 525 dona;
▪️Sirdaryo – 404 dona;
▪️Jizzax – 302 dona;
▪️Surxondaryo – 198 dona.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qishloq xo‘jaligidagi tadbirkorlar muammosi tinglanmoqda

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qishloq xo‘jaligida faol tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish — bu bosqichlarning har birida o‘ziga xos muammo bor. Ana shu masalalar hozir bevosita muhokama qilinmoqda.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa tegishli vazirlik, idoralar hamda tijorat banklari rahbariyati qatnashmoqda.

Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🤝 ISFTda kontrakt uchun 57%gacha chegirma olish imkoniyati!

ISFT institutiga oʻqishga taklif qilgan har bir doʻstingiz uchun kontrakt toʻlovidan chegirma taqdim qilinadi:
🔘1 doʻst uchun — 7%;
🔘2 dan 11 nafargacha har bir do‘st uchun — 5%dan.

Bakalavriat yo‘nalishlari:
Moliya sohasida boshqaruv
Buxgalteriya hisobi va moliya
Biznes va menejment
Xalqaro munosabatlar
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Xorijiy til va adabiyoti
Pedagogika
Psixologiya
Filologiya va tillarni o'qitish
Bank ishi va audit
Iqtisodiyot
Marketing
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Axborot xavfsizligi
Menejment


Kontrakt narxi 9 375 000 soʻmdan boshlanadi.

Eslatma: Chegirma kontraktning 1/4 qismi toʻlangandan soʻng kuchga kiradi.

Institutimizga bugunoq onlayn hujjat topshiring.

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul bugundan boshlanishi kerak. Hozircha qabul ochilmadi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz portali orqali 10-avgustga qadar davom etadi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:

➖ oʻzlarining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;
➖ oʻqimoqchi bo‘lgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

Ikkinchi mutaxassislikka oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

7️⃣ Ibrat haftaligi: 7 kun – 7 yangi marra!

Haftalikda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:

Xushnudbek Xudoyberdiyevhuquqshunos;
Shoxrux Olimov – IELTS 8.5 va CELTA sohibi, bloger;
Otabek Mahkamovhuquqshunos, bloger va jurnalist;
Alisher Sa'dullayevYoshlar ishlari agentligi direktori;
Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
Shohida Ibragimova – moliyachi;
Aziz Rahimov – "Rahimov school" asoschisi.


🎁 Loyihada ishtirokchilar "Eng faol targ‘ibotchi" sifatida 6 mln so‘mgacha pul mukofotlari, yuzlab sovg‘alar, premium til kurslari va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lishlari mumkin.

🆓 Loyihada qatnashish – mutlaqo BEPUL.

👇🏻 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@ibrat_haftaligi_bot

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇪🇺 O‘zbekiston fuqarolari 2024-yilda Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirgan

📈 Bu miqdor 2023-yilga solishtirganda, 26,2 foizga oshgan. Mamlakatimiz o‘tgan yili Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni bo‘yicha dunyoda 35-o‘rinni egallagan.

Eng ko‘p viza uchun ariza topshirilgan mamlakat 🇩🇪Germaniya bo‘lgan — 19,3 mingta. 🇨🇭Shveytsariyaga esa, aksincha, bitta ham ariza yuborilmagan.

❌ Shengen mamlakatlari o‘zbekistonliklarning 9 ming 250 ta arizasini rad qilgan (15,7 foiz). Eng yuqori rad qilish ko‘rsatkichi 🇵🇱Polshaga tegishli. Ushbu mamlakat yuborilgan arizalarning har uchtasidan biriga (32,8 foiz) rad javobini bergan.

🇧🇬 Bolgariya esa 2024-yilda Shengen vizasini eng oson olish mumkin bo‘lgan davlat bo‘lgan (133,4 foiz).

💰 Umuman olganda, o‘tgan yilda o‘zbekistonliklarga 51,6 mingta Shengen vizasi berilgan. Buning uchun fuqarolarimiz 4,6 mln yevro sarflagan. Rad etilgan arizalarda esa 740 ming yevro yo‘qotilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzbekistondagi yuridik yoʻnalishdagi xalqaro maktab

Yakubov's international school — bu yuridik sohaga ixtisoslashgan Oʻzbekistondagi xalqaro maktab boʻlib, u ilgʻor xorijiy metodikalarga tayanib ishlab chiqilgan mualliflik dasturi asosida faoliyat yuritadi.

Oʻquv yoʻnalishlari ichida ingliz tili, matematika, huquqshunoslik va tadbirkorlik asoslari chuqurlashtirilgan holda oʻrgatiladi. Ta'lim jarayoni bilan bir qatorda oʻquvchilarning xarakteri va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish ustida ham tizimli ish olib boriladi.

Ochiq eshiklar kuniga marhamat:
🗓 12-iyul – Mirobod filiali
🗓 19-iyul – Yunusobod filiali

📊 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/e7qf2i3ynSzy283w8

Litsenziya (№391350, 10.09.2024–y.)

☎️ 78-113-66-77

️ Joylar soni cheklangan.

Telegram | Instagram | yakubovs_school">YouTube | Facebook

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toshkentda yerosti suv quvuri portladi

Hodisa bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Shayhontoxur tumani Farobiy ko‘chasida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hududdan o‘tuvchi diametri 800 mm bo‘lgan suv quvuri kuchli bosim ostida yorilgan.

Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugun — akademik litseylarga arizalar qabulining so‘nggi kuni

Bungacha 47 ming 923 ta ariza kelib tushgan. Qabul bugun yakunlanadi.

✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 4 ming 797 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bungacha 128 ming 914 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 947 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sharof Rashidov tumani hokimi hamda Guliston shahar prokurori o‘rinbosariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡DXX: Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegishli qarori bilan "Tokchilik" MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.

So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ibn Sino Education xususiy maktabiga qabul boshlandi

13-iyul
qabul kuni, darslar esa 14-iyuldan boshlanadi. Oʻquvchilar 7–11-sinflarga qabul qilinadi.

Maktabda oʻzbek va rus tillarida shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar oʻqitiladi:
🔹 Biologiya; 🔹 Kimyo; 🔹 Ona tili;
🔹 Tarix; 🔹 Matematika.

📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.

Rasmiy sahifalar: YouTube | Instagram | Telegram

📞Hoziroq bogʻlaning +998944443366 | +998916590793 | +998948553366

Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366

Manzil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Men ham tirbandlikda turdim, o‘zim rulda edim" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident o‘tgan hafta rulda 15-20 daqiqa tirbandlikda turgani va o‘tib bo‘lganidan so‘ng, vazirga qo‘ng‘iroq qilgani haqida gapirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel