440457
Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent
Ertadan boshlanadigan test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.
Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?
✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.
Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.
Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.
❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).
👉 @xushnudbek 👈
Ertadan test boshlanadi. Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?
✅ JAVOB: yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
❓ Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅ JAVOB: Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog’ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan yoki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda ko’rsatish hisobmas, albatta qog’ozga chop etish kerak.
❓Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini ko’rsatsa bo’ladimi?
✅ JAVOB: Yo’q, bo’lmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bo’lishi kerak.
❓Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅ JAVOB: Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka hamda suv beriladi.
❓Testga yegulik yoki suv olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Yo’q, ruxsat berilmaydi. Ichkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olishingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni og’ritmaydiganroq yegulik bo’lsin. Och qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB: yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 187 ming 500 so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga, 13-iyul kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin — Bilimlarni baholash agentligi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Xorazmda yangi tashkil etilgan Al-Xorazmiy universitetiga qabul boshlandi
Universitetda quyidagi zamonaviy yoʻnalishlar mavjud:
🔹Dron texnologiyalar muhandisligi;
🔹Sun'iy intellekt;
🔹Dasturiy ta'minot muhandisligi.
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/28279
Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24856
(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ubbiyev Alisher Tairovich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori edi.
👉 @xushnudbek 👈
Samarqandda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tyapti
Ayni damda Samarqand shahrida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot oʻtkazilyapti. Tadbir Prezidentning tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil qilingan.
Muloqotda asosan yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va eksport bilan shug‘ullanayotgan subyektlar muammolari eshitilyapti.
Bu muloqot nafaqat soha ichidagi muammolarni ko‘rish imkonini beradi, balki qishloq xo‘jaligi tizimida qanday masalalar koʻpincha e’tiborsiz qoldirilganini ham ko‘rsatadi.
👉 @xushnudbek 👈
Testga kiradigan abituriyentlar soni 700 mingga ham yetmabdi.
Joriy yilda jami 671 ming 397 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.
Demak, ro’yxatdan o’tgan 60 mingdan ortiqroq abituriyent to’lovni amalga oshirmagan va ularga testga kirishga ruxsat berilmagan.
👉 @xushnudbek 👈
Eldor Shomurodov faoliyatini 🇹🇷Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasida davom ettiradi.
Turkiya klubi Eldorni 🇮🇹 "Roma"dan sotib olish huquqi bilan 1 mavsumga ijaraga oldi.
👉 @xushnudbek 👈
ZARMED Universitetida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda
🔥 Buxoro va Samarqand kampuslarida 10.000 dan ortiq talabaga ta'lim berib kelayotgan ZARMED Universiteti yangi oʻquv yili uchun abituriyentlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi:
• 4 yildan 6 yilgacha qoplanuvchi 200 ta grant;
• 100 ta 10.000.000 so'mgacha boʻlgan nomdor stipendiyalar;
• 10.800.000 soʻmdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari;
• Yirik event'larida ishtirok etish imkoniyati;
• Zamonaviy sharoitlarga ega Samarqand va Buxoro kampuslarida ta'lim;
• Universitet granti asosida chet elda amaliyot.
🚙 O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.
Hududlar bo‘yicha statistika quyidagicha:
▪️Toshkent shahri – 49 ming 736 dona;
▪️Toshkent viloyati – 4 ming 512 dona;
▪️Samarqand – 1 ming 739 dona;
▪️Xorazm – 1 ming 415 dona;
▪️Farg‘ona – 1 ming 376 dona;
▪️Qashqadaryo – 1 ming 338 dona;
▪️Buxoro – 1 ming 133 dona;
▪️Navoiy – 901 dona;
▪️Andijon – 878 dona;
▪️Namangan – 700 dona;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 525 dona;
▪️Sirdaryo – 404 dona;
▪️Jizzax – 302 dona;
▪️Surxondaryo – 198 dona.
👉 @xushnudbek 👈
Qishloq xo‘jaligidagi tadbirkorlar muammosi tinglanmoqda
Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qishloq xo‘jaligida faol tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish — bu bosqichlarning har birida o‘ziga xos muammo bor. Ana shu masalalar hozir bevosita muhokama qilinmoqda.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa tegishli vazirlik, idoralar hamda tijorat banklari rahbariyati qatnashmoqda.
Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🤝 ISFTda kontrakt uchun 57%gacha chegirma olish imkoniyati!
ISFT institutiga oʻqishga taklif qilgan har bir doʻstingiz uchun kontrakt toʻlovidan chegirma taqdim qilinadi:
🔘1 doʻst uchun — 7%;
🔘2 dan 11 nafargacha har bir do‘st uchun — 5%dan.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
Moliya sohasida boshqaruv
Buxgalteriya hisobi va moliya
Biznes va menejment
Xalqaro munosabatlar
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Xorijiy til va adabiyoti
Pedagogika
Psixologiya
Filologiya va tillarni o'qitish
Bank ishi va audit
Iqtisodiyot
Marketing
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Axborot xavfsizligi
Menejment
Ikkinchi mutaxassislikka qabul bugundan boshlanishi kerak. Hozircha qabul ochilmadi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz portali orqali 10-avgustga qadar davom etadi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖ oʻzlarining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;
➖ oʻqimoqchi bo‘lgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.
Ikkinchi mutaxassislikka oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
7️⃣ Ibrat haftaligi: 7 kun – 7 yangi marra!
Haftalikda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
• Xushnudbek Xudoyberdiyev – huquqshunos;
• Shoxrux Olimov – IELTS 8.5 va CELTA sohibi, bloger;
• Otabek Mahkamov – huquqshunos, bloger va jurnalist;
• Alisher Sa'dullayev – Yoshlar ishlari agentligi direktori;
• Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
• Shohida Ibragimova – moliyachi;
• Aziz Rahimov – "Rahimov school" asoschisi.
❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Sentyabrdan boshlab xorijiy til sertifikati yo‘q chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi qarori bilan, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan edi.
Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan. Ya'ni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu talab barcha umumiy-o‘rta, o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Taxtiqoracha dovonida pullik tunnel quriladi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda 7 kilometr uzunlikdagi pullik tunnel qurilishi rejalashtirilmoqda. Uni qurish uchun 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda.
Ushbu loyiha bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Imtihonga oid muddatlar:
#abituriyent
14-23-iyul — test jarayonlari;
24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);
8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).
***
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:
14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.
❗️Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.
Ulug‘bek Rashitov nima uchun diskvalifikatsiya qilingani haqida gapirib berdi
Aytishicha, uning chetlatilishi qonidan doping yoki taqiqlangan modda topilgani bilan bog‘liq emas. Sportchi o‘zining yashash joyi bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim etmagani uchun jazolangan.
Ya'ni Doping-tahlil agentligidagilar istalgan sportchini istalgan vaqtda tekshirish vakolatiga ega. Ular to‘satdan atletlarning yashash joyiga kelib qolishi va tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.
Ulug‘bek esa tekshiruvchilar kelganda o‘zi bergan manzilida bo‘lmagan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Rasman: Toshkent "propiska"si to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan Toshkent shahri va viloyatida doimiy "propiska" olish huquqiga ega shaxslar doirasini cheklovchi amaldagi qonun o‘z kuchini yo‘qotmoqda.
Bungacha 12 toifadagi fuqarolar Toshkent "propiska"sini olish huquqiga ega edi. Yangi qonun bilan har bir fuqaro poytaxtda doimiy yashash huquqini olishi mumkin.
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan yangi mexanizmlar ham joriy etilmoqda.
Ushbu qonun shu yilning 11-oktyabridan kuchga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
Ulug‘bek Rashitovga berilgan jazo Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltin medallarga ta’sir o‘tkazmaydi.
Avval aytilganidek, uning 2025-yil 3-fevraldan keyingi barcha shaxsiy natijalari bekor qilinadi, xolos. Olimpiada medallari o’z kuchida qoladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️678 nafar abituriyent barcha fanlardan test sinovlaridan ozod qilingan
#abituriyent
Ular barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani uchun test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilgan. Qizig‘i, o‘tgan yili faqat 1 nafar abituriyentda barcha fandan sertifikati bo’lgan.
Bunday vaziyatda odatda abituriyentlar maksimal 189 ballni testga kirmasdan naqd qilib qo’yadi. Ammo ayrim abituriyentlarda milliy sertifikat foizli chiqqan bo’lsa, unda maksimal ball emas, foizga mutanosib ball berilishi ham mumkin.
Shuningdek, bu yil 85 ming 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 ming 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 ming 180 va 44 ming 834 nafarni tashkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈
🚧 Toshkentdagi chorrahalardan biri 2 kunga yopiladi
❓Qaysi chorraha?
Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorraha.
Bunda:
📍Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
📍Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.
❓Qancha muddatga?
Bugun, 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha
❓Nima sababdan?
Chorrahada qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
#abituriyent
UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
Qabul jarayonlari kecha, 10-iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi.
✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.
✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
⛔️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
❌ Ulug‘bek Rashitov 2 yilga musobaqalardan chetlatildi
Xalqaro doping-test agentligi hisobotida aytilishicha, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov so‘nggi bir yil ichida 3 bor o‘rnatilgan qoidalarni buzgan.
Shu bois, agentlik uni 2027-yil 12-mayga qadar musobaqalardan chetlatdi hamda 2025-yil 3-fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalarini bekor qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Ikkinchi mutaxassislikka qabul ochildi.
Onlayn ariza topshirish sahifasi:
https://my.edu.uz/service/5?slug=admission_secondary
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi
Bungacha poytaxtning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida shunday gavjum ko‘chalar tashkil etilgan edi.
Bunyodkor ko‘chasi mazkur turizm halqasining bir qismi bo‘ladi. Shahar bo‘ylab 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i edi.
👉 @xushnudbek 👈