xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
#abituriyent

4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️To’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz aloqa operatori abonentlari soni 8 millionga yetdi.

Mobiuz abonentlari har soatda o‘rtacha 122,7 terabayt mobil internetdan foydalanayotgan ekan. Qiyoslash uchun aytganda, bu trafik bir soat ichida 26 milliondan ortiq qo‘shiqni yuklab olishga yetadi, deyiladi kompaniya xabarida.

Ko'rsatkichlar haqidagi batafsil ma'lumot bu yerda.


Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Toshkent metropoliteniga 2026-yil yakunigacha 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Metropoliten ma'muriyatining ma'lum qilishicha, 2025-2026-yillar davomida hozirda foydalanilayotgan eski turdagi poyezdlarni yangilash doirasida 4 vagonli harakat tarkiblaridan yana 14 tasi xarid qilinadi.

Bunga qadar metropoliten uchun 5 yil ichida 41 ta poyezd olib kelinib, metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilangan.

Ta'kidlanishicha, hozirda foydalanilayotgan eski turdagi poyezdlar sovitish tizimi mavjud bo‘lmagan holda ishlangan va ularni bu turdagi qurilma bilan jihozlash imkonsiz. Yangi xarid qilinayotgan poyezdlar esa barcha zamon talablari asosida ishlab chiqarilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

💰 O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 27 foizga oshdi

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 8,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga (27 foiz) ko‘p.

Mablag‘larning 78 foizi 🇷🇺Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) yuborilgan. Qolgan qismi 🇰🇿Qozog‘iston, 🇺🇸AQSH, 🇰🇷Janubiy Koreya, 🇹🇷Turkiya, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇱🇹Litva va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmi 🇬🇧Buyuk Britaniyadan 2 barobar, 🇪🇺Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (🇮🇪Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, 🇳🇱Niderlandiya 44 foiz, 🇵🇱Polsha 20 foiz), 🇺🇸AQShdan esa 15 foizga oshgan.

Pul o‘tkazmalarining ortishiga o‘zbekistonlik migrantlar ishlaydigan davlatlarda ishchi kuchiga talab ko‘paygani va ish haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, milliy valyuta kurslari mustahkamlanishi ham bunga taʼsir qilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👮 BMBA natijasi bilan Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi bo‘ling!

OTUda:

IT sohasidagi real loyihalarda tajriba orttirgan ustozlar;
Maxsus til sertifikatiga ega talabgorlar uchun 50% dan 100% gacha grantlar;
Magistratura yo‘nalishlariga til sertifikatisiz qabul;
Xorijiy professor oʻqituvchilardan ta’lim olish imkoni mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.asianuniversity.uz

Batafsil ma’lumot:
📞 +998554041166
📱 @otu_chatbot | @otu_info

📄 Litsenziya (№345950, 19.10.22-y)

Telegram | Instagram | asianuniversity_edu?sub_confirmation=1">YouTube | LinkedIn | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurilish sohasi vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot

Ayni damda Toshkent shahrida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib oʻtmoqda. Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan sektor yigʻilishlaridan biridir.

Muloqotda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Biznes ombudsman hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda qurilish sohasi vakillari duch kelayotgan muammolar muhokama qilinmoqda. Shu asosda amaliy takliflar ishlab chiqish, shuningdek, davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsad qilingan.

Muloqotni ushbu havola orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatish mumkin.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UDEA: Magistratura dasturlariga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda!

Universitetimiz professional oʻsishingiz uchun quyidagi magistratura ta'lim dasturlarini taklif qiladi:
- Bank ishi;
- Biznesni boshqarish (MBA);
- Inson resurslarini boshqarish;
- Loyiha boshqaruvi (1 yillik).


Hozir ro‘yxatdan oʻting va o‘z karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing!

🎓UDEA — biz yorqin kelajakka yoʻllanma beramiz!

Batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bogʻlaning:
📞 +998 78 888 08 00 | info@udea.uz
📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent

🖇Apply now 📱Instagram 📱Facebook 🌐Website 📱udea2931">YouTube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚍 “Shahrisabz — Kitob” yo‘nalishida 20 ta yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

AsiaStar rusumli avtobuslar “Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” yo‘nalishida harakatlana boshladi.

Yo‘nalishning umumiy masofasi 15,7 km bo‘lib, avtobuslar kuniga 20 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasiga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.

📩 Unga koʻra, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi.

⏳ Shundan so‘ng, ogohlantirish yuborilganidan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat beriladi.

❌ Abonentlar tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa, ularda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.

🗓 Ushbu tartib 2025-yilning 1-iyulidan buyon chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 1-avgustdan boshlab qo‘llaniladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistratura va bakalavriatga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun 4 mlrd 900 mln soʻmlik ta’lim granti joriy etildi

🎓 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti umumiy 260 ta nomzod uchun 4 yillik grant taqdim etadi!

⚡️ Nega aynan AIFU?

3 tilda ta’lim olish (o‘zbek, rus, ingliz);
Work and Travel bilan Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Turkiyada yozgi ish va sayohat;
Alibaba bilan elektron tijoratda real tajriba va amaliyot;
37 ta dolzarb bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari;
30 dan ortiq hamkorlik shartnomalari bilan oʻqishni Oʻzbekistonda boshlab, chet elda davom ettirish.


👉 Bakalavriat yoʻnalishlari
👉
Magistratura mutaxassisliklari

Bu grant kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Shunchaki hujjat topshiring. Eng faol, iqtidorli va motivatsiyaga ega bo‘lganlar tanlab olinadi.

📄
Litsenziya (№ 410326, 28.12.2022)

🌐 Veb-sayt: qabul.aifu.uz
📥 Telegram bot: @aifu_qabul_bot
☎️ Murojaat uchun: +99878-5552121

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ko‘kdala tumanidagi “gaz zapravka”dagi yong’in sabab 4 kishi halok bo’ldi

Bugun, 16-iyul kuni soat 14:40 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va soat 15:35 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IT Park Uzbekistan orqali nemis tilini qisqa muddatda oʻzlashtiring va xalqaro kompaniyalarda ish boshlash imkoniyatiga ega boʻling

IT Park Uzbekistan koʻmagida tashkil etilgan maxsus kurs orqali:

Nemis tilini intensiv va samarali oʻrgana olasiz (maqsad — qisqa vaqtda B2-C1 darajaga chiqish);
Xalqaro call-markazlarda onlayn ishlash imkoniyati yaratiladi;
$1000 va undan yuqori maosh olishingiz mumkin;
Moslashuvchan ish jadvali bilan uyda turib faoliyat olib bora olasiz.

🎓 Kurs yakunida test va imtihonlar oʻtkaziladi, muvaffaqiyatli ishtirokchilarga ishga joylashish imkoniyati taqdim etiladi.

Qanday ishtirok etish mumkin?
1. Havola orqali ariza qoldiring;
2. Oʻquv guruhiga qoʻshiling;
3. Ta'lim davomida testlardan oʻting;
4. Muvofiq ish imkoniyatlarini qoʻlga kiriting.

Quyidagi havolalar orqali Base33 yoki Blitz nemis tili kurslariga ro‘yxatdan o‘ting.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
#abituriyent

2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 2 milliard 400 million so‘mlik grant imkoniyati — kelajagingiz uchun muhim qadam!

O‘zbekistondan turib xalqaro darajada ta’lim olishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌
Nega aynan OXUS universiteti?

✅ Til sertifikatingiz bo‘lsa, 100% gacha grant yutib olishingiz mumkin!
Malayziya, Turkiya va boshqa davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari
✅ Xalqaro tajribaga ega ustozlar, zamonaviy va interfaol dars metodikasi
✅ Talabalar shaharchasi darajasidagi zamonaviy, xavfsiz yotoqxona
✅ Real loyihalar, amaliy bilim va kasbga tayyorgarlik
✅ O‘zbekistonda boshlab, chet elda davom ettiring — xalqaro diplomga ega bo‘ling!

🚀 OXUS – nafaqat o‘qish joyi, balki kelajakka investitsiya ham!

📚
Ta’lim yoʻnalishlari
📃 Litsenziya (№ 153214, 31.10.2023-y.)

💫 To‘g‘ri qaror qabul qiling. Hujjat topshiring. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍Manzil: Toshkent shahri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 25-uy (Xarita)

Hujjat topshirish uchun:
🌐 Veb-sayt: admission.oxusuniversity.uz
🌐 Telegram: @oxus_qabul_bot
☎️ Axborot markazi: 781133663

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Namangan viloyati “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori Davlatobod tumanida yashovchi shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona iPhone 16 PRO MAX rusumli telefonlarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir telefon uchun 100 AQSH dollaridan, jami 5 ming 700 dollar talab qilgan.

Shuningdek, bojxona inspektori muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan holda kiyim-kechaklar olib kelingani yuzasidan chora ko‘rmagani evaziga 400 dollar talab qilgan.

U shu yilning 11 va 14-iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 dollar hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank kartalariga o‘tkazdirib olgan.

Ammo 16-iyul kuni u yana 1 ming dollar hisobida 12 mln 550 ming so‘mni qarindoshining kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#perevod

O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi kursdan ariza bersa bo‘ladi?

Agar men 3-kursni tugatib, o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsam, 4-kursdan o‘qishni davom ettiramanmi yoki yana qayta 3-kursda o‘qiymanmi?

Shu kabi savollarga javob berishga harakat qildim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

BMBA (DTM) imtihoni natijangiz bilan bugunoq talaba boʻla olasiz

Endi abituriyentlarga BMBA imtihonlarida toʻplagan bali bilan ZARMED Universiteti talabasi bo'lish imkoniyati beriladi. 🔥

Umumiy qiymati 2 mlrd soʻmlik 200 ta grant va 100 ta 10 000 000 soʻmgacha stipendiya oʻrinlari uchun ham da'vogarlik qila olasiz.

➡️ Yoʻnalishlar kesimida grant kvotalari

Universitetda mavjud 100 dan ortiq yoʻnalishlar bilan tanishib, ariza qoldiring.

🔗 Ariza topshirish

@zarmeduni | 55-704-70-70

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda meva-sabzavot eksportyorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilmoqda

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkentda meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda eksport jarayonida yuzaga kelayotgan tizimli masalalar ko‘rib chiqilyapti.

Tadbirkorlar eksport faoliyatini yengillashtirish, mahsulotlarni saqlash va yetkazib berishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar yuzasidan o‘z taklif va e’tirozlarini bevosita bildirishlari mumkin.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq va Bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

📽️Jonli efirni koʻrish


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Noqonuniy gaz sarfi kamaytirish maqsadida 471 ta gaz quyish shoxobchasi raqamli tizimga ulandi

Ma'lum qilinishicha, "UzGaz" maxsus tizimiga ulangan shoxobchalarda gaz quyish jarayoni, avtomobil soni, texnik ko‘rsatkichlar va huquqbuzarliklar real vaqt rejimida nazorat qilib borilar ekan. Yana mingdan oshiq AGTKSHlarni tizimga ulash ishlari olib borilayotgan ekan.

Menimcha, barcha shoxobchalarni tizimga ulash ishlarini tezroq tugatish kerak. Chunki bozorda teng va sog‘lom raqobatni paydo qilish uchun barcha tadbirkorlik subyektlari tizimga 100% ulanishi, kazo-kazolarning "zapravkasi" esa tizimdan tushib qolmasligi shart. Qayerdadir kimlargadir bemalol o‘g‘rilik qilish imkoni qolmasligi kerak.

Aslida, bu masala bo‘yicha 2024-yil 6-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 387-sonli qarori qabul qilingandi. Qarorda siqilgan gaz sarfini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun "UZINFOCOM" tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimiga barcha AGTKSHlar ulanishi kerakligi aniq belgilangan. Bu talab 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.

Ammo oradan yarim yil o‘tsa ham, ko‘plab shoxobchalar hali ham tizimga ulanmagan. Endigina 30% ulanibdi xolos. O‘zingiz chiqargan qarorni ijro qilinglar, hech bo‘lmasa.

O‘g‘rilik haqida bejizga gapirmayapman. 2023-yildan 2025-yilning birinchi yarmigacha "gaz zapravkalar"da o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 457,8 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Ularning umumiy qiymati — 755,2 milliard so‘m. Bu hajm o‘rtacha 91 mingta xonadonning yillik iste’moliga teng ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2 kunda 387 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar to‘plagan ballar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil ma’lumotlarni chiqarib bermoqda. Ya’ni nechta savolga to‘g‘ri javob bergan, qanday imtiyozlari bo‘lgan va sertifikatlar orqali necha ball to‘plagani haqida.

Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 387 nafar abituriyent to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal 189 ballni qo‘lga kiritganini ko‘rishimiz mumkin.

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 1 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida

 O‘zbek tili: 5 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 105 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar

Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, ularning soni yanada ko‘payishi, shubhasiz. Joriy yilda rekord qo‘yiladi.

Xabar tahrirlandi: biologiya + kimyo fanlar majmuasida 105 nafar ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇹🇯 Tojikiston Rog‘un GESda ishlab chiqarilgan elektrni 20 yil davomida O‘zbekistonga yetkazib beradi

Bu bo‘yicha bitim loyihasi Tojikiston hukumati tomonidan ma'qullandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 1 kVt/soat elektrni 3,4 sentdan sotib oladi. Narx har yili 1 foizga indeksatsiya qilinadi, bu jarayon ikkinchi yildan boshlanadi.

Elektr energiyasi asosan O‘zbekistonda elektr tanqisligi kuzatiladigan soatlarda yetkazib beriladi.

GES qurilishi tugagunga qadar energiya faqat vegetatsion davrda (1-apreldan 30-sentyabrgacha) uzatiladi. Bitim 20 yilga tuzilgan bo‘lib, tomonlar uni bekor qilish istagini muddati tugashidan 6 oy oldin bildirmasa, u avtomatik tarzda 10 yilga uzaytiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda yarim yil ichida 872 ming kishi o‘zini o‘zi band qilgan

2025-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, My.gov.uz portalidagi “O‘zini o‘zi band qilish” xizmatidan foydalangan fuqarolar soni shunchani tashkil etmoqda.

Bunda eng ko‘p tanlangan sohalar quyidagilar bo‘ldi:

🔹 chorva parvarishi – 159 ming kishi;
🔹 tikuvchilik – 94 ming kishi;
🔹 qishloq xo‘jaligi ishlari – 76 ming kishi;
🔹 yo‘lovchi tashish (avtomobilda)57 ming kishi;
🔹 tomorqada ishlash – 40 ming kishi.

Mazkur xizmatdan foydalanishda eng faol hududlar:

▪️Toshkent viloyati – 125 ming ariza;
▪️Qashqadaryo – 110 ming;
▪️Samarqand – 85 ming;
▪️Namangan – 82 ming;
▪️Andijon – 77 ming.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 BMBA imtihoni topshirmasdan davlat universitetida oʻqishni xohlaysizmi?

Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning IMC Krems AFU bilan hamkorlikdagi xalqaro qo‘shma fakultet sizni kutmoqda!

📌 Sizga taqdim etiladi:

🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi;
🔹 IMC Krems (Avstriya) diplomi;
🔹 100%, 50%, 30% lik grant o‘rinlari;
🔹 BMBA imtihonisiz o‘qishga qabul (til sertifikati yoki ichki imtihonlar asosida);
🔹 Talaba almashinuvi orqali Yevropada 1 semestr o‘qish;
🔹 Xorijlik professorlardan ta’lim olish imkoniyati.


📌 Ta’lim yo‘nalishlari:
🔹 Menejment – Xalqaro biznes boshqaruvi;
🔹 Menejment – Turizm va dam olish menejmenti.


📆 Hujjatlar qabuli: 29-iyulgacha
📝 Kirish imtihonlari: 30–31-iyul
Hujjat topshirish va imtihonda qatnashish — BEPUL

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi 49
📞 Qabul bo‘limi (du-ju 9:00-18:00):
+998 94 367 04 40
+998 94 387 04 40
+998 94 397 04 40

📱Instagram |🕊Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori Navoiy viloyatida yashovchi tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1 ming 500 AQSH dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.

Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/28279

Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24856

(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni paytda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar ishtirokida Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirkorlar sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr bildirmoqda. Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlar qatnashmoqda.

Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel