xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

President Tech Award xakatoni uchun arizalar 10-sentabrga qadar qabul qilinadi

IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan 72 soatlik xakatonda ishtirokchilar mentorlar va soha ekspertlari koʻmagida dasturiy mahsulot prototipini ishlab chiqadi.

Xakaton doirasida:
– 3 kunda ishlaydigan prototip tayyorlash;
– texnik resurslar va API hamkorlarga kirish;
– sanoat yetakchilaridan shaxsiy maslahat olish;
– hakamlar hay'ati oldida taqdimot qilish mumkin.

Shoshiling, arizalar 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

✅Gʻoliblar uchun 100 ming dollargacha mukofot ajratilgan.

Roʻyxatdan oʻtish: awards.gov.uz

Reklama

👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun tunda Toshkentda vodorod peroksidi havoga sizib chiqishi kuzatildi

Hodisa 01:00 atrofida Olmazor tumani Uzumbog‘ ko‘chasida ro‘y bergan. Shahar FVBga havodan oltingugurt hidi kelayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib borgan.

Ma'lum bo‘lishicha, vodorod peroksidi ushbu hududdagi omborxonadan sizib chiqqan.

Holat soat 04:00 ga borib to‘liq bartaraf etilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UZBMBA (DTM) natijasi bilan grant va stipendiya sohibi boʻling!

📢
Davlat imtihonlarida qatnashganlar diqqatiga! Endi qayta-qayta imtihon topshirishingiz shart emas.

Profi University 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) imtihonida to‘plangan ballar bilan qabul qiladi.

Nima uchun Profi’ni tanlash kerak?

- O‘zbekiston va Yevropada tan olinadigan diplom;
- yillik 6 mln so‘mgacha stipendiya;
- Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olish imkoniyati;
- Davlat va universitet granti;
- 10 dan ortiq ta’lim yoʻnalishlari;
- Chet elda o‘qish va amaliyot.


👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz

📞 Murojaat uchun: +998787771111 yoki @profiqabul

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Avstraliyada bo‘lib o‘tgan 66-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO 2025) 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

ℹ️ Ma'lumot uchun: o’zbekistonlik o’quvchilar IMOda 1997-yildan boshlab ishtirok etadi va hozircha biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.


G‘oliblar va sovrindorlar:

🥈Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal;
🥈Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal;
🥈Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal;
🥈Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal;
🥉Ozodbek Axtamov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal;
🎖Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi – "Honourable mention" nominatsiyasi.

❗️
Ma'lumot uchun
, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ustozlari va terma jamoa rahbari quyidagicha
taqdirlanadi
:

🥈
2-oʻrin uchun:

➖ oʻquvchilarga
— 562 mln 500 ming soʻm
(BHMning 1 ming 500 baravari)
;

oʻqituvchilariga
— 93 mln 750 ming soʻm
(250 baravar)
;

terma jamoa rahbariga
— 9 mln 375 ming soʻm
(25 baravar)
;

🥉
3-oʻrin uchun:

➖ oʻquvchilarga
— 375 mln soʻm
(1 ming baravar)
;

oʻqituvchilariga
— 56 mln 250 ming soʻm
(150 baravar)
;

terma jamoa rahbariga
— 5 mln 625 ming soʻm
(15 baravar).


Avvalroq o‘quvchilarimiz Xalqaro kimyo olimpiadasida ham tarixiy natija qayd etishgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat”ning yozgi mavsum beshinchi o’yinida Sheroz Eraliyev jamoasi ishtirok etadi.

🎉 2025-yilning eng yaxshi savoli egasi 🚗AVTOMOBIL yutib olishi mumkin!!! Bir-biridan qiziqarli savollar yuborishni kanda qilmang.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga ham 4 yillik grant ajratiladi

Joriy yildan boshlab ilk marta grantlar qayta taqsimlanishni boshlaydi. Ya’ni yaxshi o’qiganlar grantga chiqadi, yomon o’qiganlar kontraktga tushadi.

Prezident farmonida ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi, deya belgilangan.

Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant (IRG) nima degani?

IRG — qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi.

Boshqacha aytganda kimdir qo‘shimcha kvota orqali grantga kirgan bo‘lsa, o‘sha IRG olgan bo‘ladi.

❓“Temurbeklar maktabi” (TM) bitiruvchilari haqida

Men bir necha yildan buyon TM bitiruvchilariga beriladigan qo‘shimcha ball tarzidagi imtiyozni tanqid qilib kelganimni ko‘pchilik yaxshi biladi. Bu boshqalarga nisbatan adolatsizlik, agar juda yordam bergingiz kelsa, unda TM bitiruvchilariga ham xuddi harbiylar kabi qo‘shimcha kvota beraylik, deb taklif qilardim.

O‘tgan yildan boshlab TM bitiruvchilariga qo‘shimcha kvota ajratiladigan bo‘ldi. Ya’ni ular oddiy abituriyentga endi xalaqit bermaydi.

O‘tgan yili bu haqdagi postimda ushbu yangilik TM bitiruvchilariga 4 yillik grant berishni ham ta’minlaydi, o‘zlariga yaxshi bo‘ldi, deb yozgandim.

Ammo joriy yilda TM bitiruvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Unda aytilishicha, oliygoh rahbariyati TM bitiruvchilariga ham grant taqsimlashda qatnashishini, ariza yuborishi kerakligini aytishgan. “O‘tgan yili siz boshqacha yozgandingiz-ku, lekin amalda umuman boshqacha bo‘lyapti”, deyishdi.

Shundan so‘ng, ushbu masalada vazirlik mas’ullari bilan bog‘landim, ularga vaziyatni tushuntirdim. Muhokamalardan so‘ng, vazirlik ham TM bitiruvchilariga 4 yillik grant berilishi kerakligini, chunki ularga qo‘shimcha kvota ajratilganini, demak ularga IRG berilganini ta’kidlashdi. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, kecha vazirlik mutasaddilari Zoom orqali yig‘ilish o‘tkazib, oliygohlarga bu haqida tushuntirish ham bergan.

XULOSA: o‘tgan yili qo‘shimcha kvota orqali grantga kirgan TM bitiruvchilariga 4 yillik grant ajratiladi va ular har yilgi grant taqsimlashda ishtirok etmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Perevod” uchun pul to’lanadimi?
#perevod

Bunda 2 xil qoida bor:

1️⃣ Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki o’zimizdagi nodavlat oliygohlardan davlat oliygohiga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 187 ming 500 so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;

2️⃣ Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat oliygohidan boshqa bir davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tushunish uchun:

✅ my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi;
❌ transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi.

Chunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Bu yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

O’tgan yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, grantga 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 145 ta grant kvotasi ajratilibdi (o’tgan yili 115 ta edi). Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 145 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov (chegara) qo‘yiladi. Masalan, 145 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 145 ta kvotaning yarmini, ya’ni 72 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

Davlat granti bo’yicha chegara haqida mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24793

‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
#abituriyent

2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 2 milliard 400 million so‘mlik grant imkoniyati — kelajagingiz uchun muhim qadam!

O‘zbekistondan turib xalqaro darajada ta’lim olishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌
Nega aynan OXUS universiteti?

✅ Til sertifikatingiz bo‘lsa, 100% gacha grant yutib olishingiz mumkin!
Malayziya, Turkiya va boshqa davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari
✅ Xalqaro tajribaga ega ustozlar, zamonaviy va interfaol dars metodikasi
✅ Talabalar shaharchasi darajasidagi zamonaviy, xavfsiz yotoqxona
✅ Real loyihalar, amaliy bilim va kasbga tayyorgarlik
✅ O‘zbekistonda boshlab, chet elda davom ettiring — xalqaro diplomga ega bo‘ling!

🚀 OXUS – nafaqat o‘qish joyi, balki kelajakka investitsiya ham!

📚
Ta’lim yoʻnalishlari
📃 Litsenziya (№ 153214, 31.10.2023-y.)

💫 To‘g‘ri qaror qabul qiling. Hujjat topshiring. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍Manzil: Toshkent shahri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 25-uy (Xarita)

Hujjat topshirish uchun:
🌐 Veb-sayt: admission.oxusuniversity.uz
🌐 Telegram: @oxus_qabul_bot
☎️ Axborot markazi: 781133663

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Namangan viloyati “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori Davlatobod tumanida yashovchi shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona iPhone 16 PRO MAX rusumli telefonlarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir telefon uchun 100 AQSH dollaridan, jami 5 ming 700 dollar talab qilgan.

Shuningdek, bojxona inspektori muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan holda kiyim-kechaklar olib kelingani yuzasidan chora ko‘rmagani evaziga 400 dollar talab qilgan.

U shu yilning 11 va 14-iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 dollar hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank kartalariga o‘tkazdirib olgan.

Ammo 16-iyul kuni u yana 1 ming dollar hisobida 12 mln 550 ming so‘mni qarindoshining kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#perevod

O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi kursdan ariza bersa bo‘ladi?

Agar men 3-kursni tugatib, o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsam, 4-kursdan o‘qishni davom ettiramanmi yoki yana qayta 3-kursda o‘qiymanmi?

Shu kabi savollarga javob berishga harakat qildim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

BMBA (DTM) imtihoni natijangiz bilan bugunoq talaba boʻla olasiz

Endi abituriyentlarga BMBA imtihonlarida toʻplagan bali bilan ZARMED Universiteti talabasi bo'lish imkoniyati beriladi. 🔥

Umumiy qiymati 2 mlrd soʻmlik 200 ta grant va 100 ta 10 000 000 soʻmgacha stipendiya oʻrinlari uchun ham da'vogarlik qila olasiz.

➡️ Yoʻnalishlar kesimida grant kvotalari

Universitetda mavjud 100 dan ortiq yoʻnalishlar bilan tanishib, ariza qoldiring.

🔗 Ariza topshirish

@zarmeduni | 55-704-70-70

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda meva-sabzavot eksportyorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilmoqda

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkentda meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda eksport jarayonida yuzaga kelayotgan tizimli masalalar ko‘rib chiqilyapti.

Tadbirkorlar eksport faoliyatini yengillashtirish, mahsulotlarni saqlash va yetkazib berishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar yuzasidan o‘z taklif va e’tirozlarini bevosita bildirishlari mumkin.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq va Bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

📽️Jonli efirni koʻrish


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Noqonuniy gaz sarfi kamaytirish maqsadida 471 ta gaz quyish shoxobchasi raqamli tizimga ulandi

Ma'lum qilinishicha, "UzGaz" maxsus tizimiga ulangan shoxobchalarda gaz quyish jarayoni, avtomobil soni, texnik ko‘rsatkichlar va huquqbuzarliklar real vaqt rejimida nazorat qilib borilar ekan. Yana mingdan oshiq AGTKSHlarni tizimga ulash ishlari olib borilayotgan ekan.

Menimcha, barcha shoxobchalarni tizimga ulash ishlarini tezroq tugatish kerak. Chunki bozorda teng va sog‘lom raqobatni paydo qilish uchun barcha tadbirkorlik subyektlari tizimga 100% ulanishi, kazo-kazolarning "zapravkasi" esa tizimdan tushib qolmasligi shart. Qayerdadir kimlargadir bemalol o‘g‘rilik qilish imkoni qolmasligi kerak.

Aslida, bu masala bo‘yicha 2024-yil 6-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 387-sonli qarori qabul qilingandi. Qarorda siqilgan gaz sarfini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun "UZINFOCOM" tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimiga barcha AGTKSHlar ulanishi kerakligi aniq belgilangan. Bu talab 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.

Ammo oradan yarim yil o‘tsa ham, ko‘plab shoxobchalar hali ham tizimga ulanmagan. Endigina 30% ulanibdi xolos. O‘zingiz chiqargan qarorni ijro qilinglar, hech bo‘lmasa.

O‘g‘rilik haqida bejizga gapirmayapman. 2023-yildan 2025-yilning birinchi yarmigacha "gaz zapravkalar"da o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 457,8 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Ularning umumiy qiymati — 755,2 milliard so‘m. Bu hajm o‘rtacha 91 mingta xonadonning yillik iste’moliga teng ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi

19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.

2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.

Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.

19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.

Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va bu tizim so’nggi yillardagi ta’limga oid eng katta xato qaror bo’lishini aytgandim. Xayriyatki, ushbu tizim biron marta amaliyotga joriy etilmasdan, bekor qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Barcha bosqichdagi qabul jarayonlari haqida ma'lumotlar:
#abituriyent

🔄 Bakalavr uchun test sinovlari oxirlab qoldi, bugun sakkizinchi kun. Yana 2 kundan soʻng barcha testlar tugaydi va keyin yoʻnalish tanlash boshlanadi. Testdan keyin abituriyentlar nimalarni tanlashi haqida batafsil bu yerda.

⌛️ Akademik litseylarga imtihon 24-25-iyul kuni boʻladi. Ruxsatnomalarni yuklab olish kerak, unda imtihon oʻtadigan sana, smena hamda joyi yozilgan.

#️⃣ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga arizalar topshirish kecha, 20-iyul kuni yakunlandi. Talabgorlar tomonidan 166 ming 21 ta ariza yuborildi.

✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha 4 ming 226 ta ariza kelib tushgan. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgacha davom etadi.

✅ Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 18 ming 383 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati bu yerda. Talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda.

✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Bungacha 9 ming 679 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ham arizalar qabuli qilinmoqda. Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. "Perevod" bo‘yicha batafsil tushuntirish bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Akademik litseylarga test sinovlari 24-25-iyul kunlari bo’ladi
#abituriyent

2025-2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni (barcha hududlarda) va 25-iyul kuni (faqat Toshkent shahrida) bo’lib o’tadi. Bunda:

1️⃣-smena — 09:00 da;
2️⃣-smena — 15:00 da boshlanadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

⏳ Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha Instagramda savol-javob o’tkazdim. Qiziq format ekan, menga yoqdi.

🌐 To’liq o’qish uchun havola


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti: Rebrending, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik

📹 https://www.youtube.com/watch?v=yMrE3cCr6Dk

OTMT (Oliy Ta’lim Muassasalari Tahlili) loyihamizning navbatdagi sonida Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida yana bir bor mehmon bo'ldim.

Suhbat davomida universitetning rebrending jarayoni, qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotgani, nimalar o‘qitilishi va qanday o‘qitilishidan tortib, kirish shartlari, zamonaviy tibbiyot bo‘limi hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida gaplashdik. Ishonamanki, bu suhbat orqali sizda universitet haqida aniqroq tasavvur paydo bo‘ladi.

Universitet haqidagi to‘liq videoni quyidagi havola orqali tomosha qiling:

📹 https://www.youtube.com/watch?v=yMrE3cCr6Dk


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
#abituriyent

4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️To’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz aloqa operatori abonentlari soni 8 millionga yetdi.

Mobiuz abonentlari har soatda o‘rtacha 122,7 terabayt mobil internetdan foydalanayotgan ekan. Qiyoslash uchun aytganda, bu trafik bir soat ichida 26 milliondan ortiq qo‘shiqni yuklab olishga yetadi, deyiladi kompaniya xabarida.

Ko'rsatkichlar haqidagi batafsil ma'lumot bu yerda.


Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Toshkent metropoliteniga 2026-yil yakunigacha 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Metropoliten ma'muriyatining ma'lum qilishicha, 2025-2026-yillar davomida hozirda foydalanilayotgan eski turdagi poyezdlarni yangilash doirasida 4 vagonli harakat tarkiblaridan yana 14 tasi xarid qilinadi.

Bunga qadar metropoliten uchun 5 yil ichida 41 ta poyezd olib kelinib, metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilangan.

Ta'kidlanishicha, hozirda foydalanilayotgan eski turdagi poyezdlar sovitish tizimi mavjud bo‘lmagan holda ishlangan va ularni bu turdagi qurilma bilan jihozlash imkonsiz. Yangi xarid qilinayotgan poyezdlar esa barcha zamon talablari asosida ishlab chiqarilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

💰 O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 27 foizga oshdi

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 8,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga (27 foiz) ko‘p.

Mablag‘larning 78 foizi 🇷🇺Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) yuborilgan. Qolgan qismi 🇰🇿Qozog‘iston, 🇺🇸AQSH, 🇰🇷Janubiy Koreya, 🇹🇷Turkiya, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇱🇹Litva va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmi 🇬🇧Buyuk Britaniyadan 2 barobar, 🇪🇺Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (🇮🇪Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, 🇳🇱Niderlandiya 44 foiz, 🇵🇱Polsha 20 foiz), 🇺🇸AQShdan esa 15 foizga oshgan.

Pul o‘tkazmalarining ortishiga o‘zbekistonlik migrantlar ishlaydigan davlatlarda ishchi kuchiga talab ko‘paygani va ish haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, milliy valyuta kurslari mustahkamlanishi ham bunga taʼsir qilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👮 BMBA natijasi bilan Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi bo‘ling!

OTUda:

IT sohasidagi real loyihalarda tajriba orttirgan ustozlar;
Maxsus til sertifikatiga ega talabgorlar uchun 50% dan 100% gacha grantlar;
Magistratura yo‘nalishlariga til sertifikatisiz qabul;
Xorijiy professor oʻqituvchilardan ta’lim olish imkoni mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.asianuniversity.uz

Batafsil ma’lumot:
📞 +998554041166
📱 @otu_chatbot | @otu_info

📄 Litsenziya (№345950, 19.10.22-y)

Telegram | Instagram | asianuniversity_edu?sub_confirmation=1">YouTube | LinkedIn | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel