sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

14217

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Hech kim nima qilayotganini bilmaydi

Siz havas qilgan barcha insonlar ham hamma narsani bilib tug’ilmagan. Ularda ham huddi sizning hayolingizdan o’tayotgan fikrlar o’tgan. Qo’rqishgan, havotir olishgan, hayajonlanishgan.

Hayoti davomida ularga kimdir qandaydir kerakli ma’lumot bergan, tarbiya bergan, ruhlantirgan. Ular ko’p izlangan, kitob o’qigan, ustilarida ishlashgan. Shu tajribalar, izlanishlarga asoslanib eng to’g’ri deb o’ylagan ishni qilganlar. Tahminan. Aniq bilmasdan. Jarayonga ishonishgan. Bazida omadlari kelgan, bazida esa kelmagan.

Siz ham atrofingizni kerakli odamlar bilan to’ldiring, izlaning, ustingizda ishlang, jarayonga ishoning.

@jakhonrakhmonov

Читать полностью…

Sariq Dev

Dars qilish deganda kim nimani tushunadi? Javobignizni izohda qoldiring. 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Ofisimga so'roqsiz kelgan 99% yoshlar bilan tahminan shunday suhbat boʻladi:

- Ustoz marsga raketa uchirmoqchiman, yordamingiz kerak.
- Qani, uka oʻzi nimalarni bilasan, shu paytgacha nima o'rganding?
- Varrak uchirib koʻrdim
- Ha unda biroz erta ekan, avval matematika va fizikani oʻrgan, keyin mexanika, keyin dvigatellar qanday ishlashini...
- Yoʻq, ustoz tushunmadiz, meni buncha vaqtim yoʻq, raketani ertaga uchirishim kerak.
- Qanday qilib axir asoslarni bilmasdan raketa uchirasan, kecha varrak uchirib yurgan boʻlsang.
- Shu ozgina joyiga sizni yordamiz kerakda, shu varrakni raketa qibersangiz boʻldi, foydani oʻrtada boʻlib olamiz.
- 🤬

Bu ilmsiz motivasiyaning samarasi. Motivatsiya burnidan chiqib ketgan, kalla boʻm-boʻsh. Maslahat soʻrab keladi, maslahatingizni bir tiyinga olmaydi.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Sardor ogʻa PHP praktikumni shunaqangi targʻib qilayapti, menam oʻqigalim kelib-ketti.

Lekin haqiqatdan arziydigan kurs boʻldi. Oʻrgansa, ustasidan oʻrganish kerak. PHPda Sardor ogʻaga yetadigani yoʻq boʻlsa kerak.

Читать полностью…

Sariq Dev

3 ta kupon qolibdi, ertaga oxirgi kun.

Читать полностью…

Sariq Dev

So'nggi paytlarda AI haqida yangilik yozadiganlar.

👨🏻‍🏫 @naxalov

Читать полностью…

Sariq Dev

Wakatime — Googlening sobiq dasturchilaridan o'z samaradorligingizni nazorat qilish uchun ajoyib hizmat.

Wakatime dasturlash muhitiga plagin sifatida o'rnatiladi, va kun davomida necha soat kod yozdingiz, qaysi loyihalar va dasturlar ustida ishladingiz, qaysi fayllarga o'zgartirish kiritdingiz saqlab boradi. Kunlik va haftalik tahlilni esa chiroyli grafiklar ko'rinishida ko'rsatadi.

Yana bir qiziq jihati, hizmat yordamida hamkasblar yoki boshqa dasturchilar bilan kim ko'p yozishda "bellashish" mumkin.

Wakatime Leaderboards sahifasida haftaning eng faol dasturchilari ro'yxati, necha soat ishlagani va qaysi dasturlash tillaridan foydalanishini ko'rishingiz mumkin.

Plagin deyarli barcha dasturlash muhitlari bilan ishlaydi.

Читать полностью…

Sariq Dev

Googledan yana bir ajoyib web dastur: AutoDraw.com.
Sahifaga kirib qo'lingizdan kelgancha oddiy rasm chisasiz, sun'iy intellekt esa sizning chizmangizni nima ekanligini aniqlab, bir nechta variantlar taklif qiladi.
Bunaqada hamma rassom bo'lib ketmasa edi :)
@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?

Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy

Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.

O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.

Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!

Omad!

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/3JIhjqXNWj0

Ushbu darsimizda Pythonda fayllar bilan ishlashni oʻrganamiz.
Hamda, oʻzgaruvchilarni faylga saqlash uchun pickle moduli bilan tanishamiz
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/files-exceptions/33-files

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Kasb tanlashda adashmang.

resume.io portali o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra dunyodagi eng baxtli kasb egalari dasturchilar ekan.
Keyingi o'rinlarda bugalterlar, trenerlar, muhandislar.

Dasturchi bo'lishni istaganlarga esa python.sariq.dev sahifamizni tavsiya qiling.
@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Bir zumda dasturchi bo'lishni istaganlarga hackertyper.net sahifasini tavsiya qilaman.
Qolganlar esa, python.sariq.dev ga xush kelibsiz 😎

Читать полностью…

Sariq Dev

Deyarli barcha dasturlash tillarida bir nechta shartlarni tekshirish talab qilinganida AND va OR operatorlaridan foydalanamiz:

if age>6 AND age<18:
yoki
if age<7 OR age>65:
va hokazo.

Pythonda esa bundan ham osonroq va tushunarliroq usuli bu all va any funksiyalaridan foydalanish.

Bu ikki #foydali funksiya bir nechta shartlarni ro'yxat ko'rinishida qabul qiladi:

✅ any() funksiyasi ro'yxatdagi shartlardan birortasi bajarilsa TRUE qiymatini qaytaradi (OR operatori kabi):
>>> any([True, False, True])
True

✅ all() funksiyasi esa ro'yxatdagi barcha shartlar bajarilsagina TRUE qiymatini qaytaradi (AND operatori kabi):
>>> all([True, False, True])
False

Keyingi safar sizdan bir nechta shartlarni tekshirish talab qilinganida bu ikki funksiyani tekshirib ko'ring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Taniqli dasturchi, Najot Ta'lim o'quv markazi o'qituvchisi, @mayoquz sahifasi admini, Muhammadjavoxir Suratov shogirdlar uchun tanlov e'lon qilibdi. Link orqali tanlov shartlarini o'qing va albatta o'z nomzodingizni yuboring. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Читать полностью…

Sariq Dev

Microsoft Excel jadvallariga Lambda funksiyasi qo'shilayabdi. Lambda funksiyalari sodda bo'lishiga qaramasdan ular yordamida murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

Hammasidan qizig'i, endi Excel jadvallari dasturlash tillariga qo'yilgan barcha talablarga javob beradi va rasman Dasturlash tili deb tan olinishi mumkin.

Hozircha Lambdalar Excelning beta versiyasida mavjud va yaqin kelajakda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo'ladi.

Yana bir qiziq fakt, endi Excelni dunyodagi eng mashxur dasturlash tili deb sanash mumkin. Sababi Excel foydalanuvchilari dunyodagi barcha dasturlash tillari foydalanuvchilari yig'indisida ham ko'p.

Excelni bilsangiz, qo'rqmasdan, dasturchiman deyavering 👨‍💻.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak

Bir yigit dasturchilikka juda qiziqib qolibdi va uni o’rganishni boshlabdi. O’rganayotganida turli qiyinchiliklarga duch kelibdi. Bu sohani yaxshiroq biladiganlardan savol so’rashga qaror qilibdi. So’ramoqchi bo’lgan insondan shaxsan so’ramoqchi bo’libdi. Qayerda yashashini qidirib topib uyiga boribdi. Eshikni taqillatibdi, hech kim ochmabdi. Keyin telefon qilishga harakat qilibdi. Nomerini topib telefon qilibdi. Hech kim olmabdi. Ohiri telegramdan qidirib topib unga yozibdi.

“Assalomu aleykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Bir narsa so’ramoqchi edimda” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka bir yordam qilingey iltimos” deb yozibdi. Ohiri savol so’ragan inson jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka qiynalib ketdimda” deb yozibdi. Yana javob olmabdi. “Aka?” deb yozibdi. Yana jahli chiqib “Savolingiz qani?” deb yozibdi. “Aka, shu Pythonda bir ish qilayotgandim xato chiqyaptida. Yordam bervoring debdi”. Haligi inson ohiri bloklab qo’yibdi. Natijada bu yigit savoliga javob ola olmay haftalab vaqti o’tib ketibdi. Har safar savol paydo bo’lganda shunday hatti harakatlar bilan u ko’p vaqt bekorga sarflaydigan bo’libdi.

Shu yigit bilan dasturlashni bir vaqtda boshlagan Toshmat degan yigit esa sal boshqacharoq ish qilibdi. Savol bermoqchi bo’lgan insonga bittayu bitta xat yozibdi:

“Assalomu aleykum. Yaxshimisiz? Men shu kursni o’tayotgan edim. Unda aytilishi bo’yicha shu ishni qilishim uchun quyidagi kodni yozishim kerak ekan. Huddi aytilgandek qildim. Screenshotlar jo’natyapman, ularda kodimni ko’rishingiz mumkin. O’zim Google ham qilib ko’rdim. Lekin Googleda sal boshqacharoq holatlar tushuntirilgan ekan. Iltimos ko’rib bersangiz. Qayerda hato qilyapman?”

Yani bitta xatda savolini zo’r qilib tushuntirib yozibdi. Oradan bir soat o’tar o’tmas o’z savoliga javob olibdi. Har safar savol so’ramoqchi bo’lganda huddi shu tarzda barcha kerakli ma’lumotlar bilan maqsadga o’tib yozishni odat qilib olibdi. Oradan 1 yil o’tib o’zining birinchi ishini topibdi. Oradan 5-6 yil o’tib esa o’ziga eng yoqqan kompaniyaga ishga topshirib interyudan bemalol o’tib olibdi. Hozirda esa o’zining kichik startupini ustida ishlayotgan ekan.

@jakhonrakhmonov

Читать полностью…

Sariq Dev

⚡️Ertangi kuningizni bugun o'zgartiring

Mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling

👉 Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalomu alaykum.

Erinmasdan, Ustoz-Shogird kanalidagi e'lonlarni sanab chiqdim.
Maqsadim, dasturlashda yo'nalish tanlay olmayotganlarga ko'maklashish.

Avvalroq yozgan postimda, tanlashda nimalarga e'tibor berish haqida yozgan edim.
Bugun erinmasdan, aprel oyidagi e'lonlarni sanab chiqdim.

Bu e'lonlar takroran qo'yilgan bo'lish ehtimoli bor. Shunday bo'lsa ham sanab ketaverdim. Sanashda ko'z bilan ko'rib sanadim, xato qilgan bo'lishim mumkin, +-1-2 ta

Ushbu rasm bo'yicha savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mohirdev ofisiga sayohat.

Читать полностью…

Sariq Dev

Biz o’qib ulgurmayapmiz to’g’risi 😅

Читать полностью…

Sariq Dev

Soʻraganlarga, "Pythonda Dasturlash Asoslari” kitobim Azon kitoblarida ham sotuvda ekan. Yetkazib ham berishadi.

📲 +998998535550

Читать полностью…

Sariq Dev

Yana bir mega noutbuk 💻

Expanscape kompaniyasi Aurora 7 noutbukini ommaga taqdim qildi. Qurilma nomidagi 7 bu kompyuterning ekranlari soni. Ekranlarning 4 tasi 17' 4K UltraHD, qolgan 3 tasi esa 7' (1900x1200 pixel) panellar.

Noutbuk 8 yadrolik 4GHz intel i9 (10900K) processori, 128GB RAM va 8TB ichki xotiraga hamda Nvidia GTX grafik kartasiga ega (maksimal konfigurasiyada).

Taxlangan holatda noutbuk qalinligi 11cm, vazni 12 kg 🤯.

Asosiy mijozlar dasturchilar, analitiklar, birja savdogarlari va dizaynerlar bo'lishi kutilmoqda.

Noutbuk narhi maxfiyligicha qolmoqda, sababi, mijozlar qurilma narxini oshkor qilmaslik haqida maxsus hujjatga qo'l qo'yishlari shart.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Shu komputerdan zudlik bilan bitta kerak.

Читать полностью…

Sariq Dev

Augmented Reality yoki AR bizning real hayotimizga virtual elementlar qo'shish texnologiyasi.
Hozirda bir nechta IT gigantlar AR ustida ish olib borishmoqda.
AR kelajakda bizga qanday qulayliklar yarata olishini ko'rish uchun siz bilan bir nechta videolar ulashayapman:
1-videoda Microsoft kompaniyasining Hololens mahsuloti.
2-videoda Facebook lab tomonidan taqdim qilingan Infinite Office dasturi
3-videoda esa Dominik Hofacker tomonidan taklif qilingan konsepsiya.
@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.

Читать полностью…

Sariq Dev

Hech xayolingizga kelganmi, katta IT kompaniyalar biz haqimizda qanday maʻlumotlarni toʻplashadi?
Security Baron kompaniyasi barchasini bir grafikka joylabdi, biz esa qoʻldan kelgancha tarjima qildik.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Бўлажак дастурчилар улар учун қизиқ маълумот.

HackerRank портали 116000 иш берувчини сўроққа тутиб якуний ҳисоботни ўз сайтида нашр қилибди. Қизиққанлар учун ҳисоботдаги баъзи графикларни ўзбек тилига таржима қилдим.

Февраль, 2020 (1 йил аввалги постдан иқтибос).

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/KOKEsau2uaU

🟢Diqqat: Ushbu darsimiz 2 qismdan iborat. 2-qism: https://youtu.be/ltTOXJJiPRk

Ushbu darsimizda Pythonda Dunder Metodlar bilan tanishib boshlaymiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/oop/32-dunder-metodlar

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Obunachilirimizdan yana 2 ta ajoyib bot:

1️⃣ @namazuzbot - Namoz vaqtlari, Qur'on tilovatlari va boshqa Islomiy ma'vzular

2️⃣ @wikipedia_uz_bot - Wikipediadan istalgan mavzuga oid ma'lumotlarni topuvchi bot.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mendan ko'pchilik IT sohasida magistirlik va doktorlik qilaymi yoki ishga tushib ketaymi deb so'raydi.
Mening shaxsiy maslahatim ishga kiring.

Buning bir nechta sababi bor:
1️⃣ Magistrlik va Doktorlik bu ilmiy unvonlar va bu darajalarga ega bo'lish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi. Ya'ni siz 2 yil magistrlik qilgan davrda, 2 yil biror kompaniyada ishlagan odam sizdan ko'ra ko'proq tajribaga ega bo'ladi va sizdan ko'ra qadrliroq kadr hisoblanadi.

2️⃣ Ilmiy unvonlar sizni tor sohada mutaxassis qiladi. Ilmiy nazariyalar amaliyotga nisbatan 2-3 qadam oldinda yurishini hisobga olsak, siz olgan bilimlar yaqin kelajakda amaliyotda qo'llanilmaydi.

3️⃣ Magistrlik va doktorlik bu sehrli tayoqcha emas. MS yoki Doktor bo'lish sizga ish topishni mutlaqo osonlashtirmaydi. Agar ilmiy unvonga ega bo'lganlar osongina ish topadi deb o'ylasangiz juda qattiq adashasiz. Aksincha, junior (boshlang'ich) ishlarga o'zingiz topshirgingiz kelmaydi (shuncha o'qib junior bo'lamanmi), middle (o'rta) lavozimlarga esa tajribangiz yetmaydi (sababi nazariya qilib yurgansiz).

Qolaversa ish beruvchiga ham magistr yoki doktor odamni past lavozimga olishiga yoki ma'naviy (hijolatchilik) yoki yuridik (unvon uchun qo'shimcha haq to'lash) kabi to'siqlar bo'lishi mumkin.

Xo'sh, unda MS va Doktor kim uchun? Kelajakda o'z sohasida ilmiy izlanishlar, ixtiro va kashfiyotlar qilaman deganlar uchun. Magistraturada o'qish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi, lekin boshqa ko'nikmalaringizni bir necha bor kuchaytiradi. Misol uchun tanqidiy fikrlash, masalaga yechim topish, murakkab muammolar ustida mustaqil ishlay bilish, ilmiy izlanish va kashfiyotlar qilish va hokazo.

Agar siz IT sohasida bo'lsangiz, maslahatim, sohada 4-5 yil ishlab keyin magistrlikka harakatni boshlang. Magsitraturada o'qish uchun har kuni universitetga borish talab qilinmaydi. Muhimi haftangizdan hech bo'lmasa 1 kunini ilmiy tadqiqod uchun ajrata olishingiz kerak. Pandemiya bahona esa, bemalol ish joyingizdan turib chet elda ham "o'qishingiz" mumkin.
Ham amaliy bilimga, ham yuqoridagi ko'nikmalarga ega mutaxassis oddiy dasturchidan bir necha barobar qadrli bo'ladi. Odatda bunday mutaxassislar dastur yozish bilan emas, murakkab tizimlarning arxitekturasini tuzish, loyihalar uchun texnik talablar yozish, muammolarni tahlil qilish kabi yuqori darajadagi masalalar bilan shug'ullanadi. Ularning oyligi ham bir necha barobar yuqori bo'ladi.

p.s. Yuqoridagi gaplar faqat IT sohasiga tegishli
p.p.s. O'zbekistonda magistr yoki doktorlik qilmang. Arzimaydi.

@sariqdev

Читать полностью…
Subscribe to a channel