sariqdev | Unsorted

Telegram-канал sariqdev - Sariq Dev

14217

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Subscribe to a channel

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/B7kS9lC1fWg

Ushbu darsimizda Pythonda Inksapsulyatsiya va Klassga xos xususiyat va metodlar haqida gaplashamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/oop/31-encapsulation

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Pythondagi #foydali va dasturchilar tomonidan ko'p ishatiladigan funskyalardan biri bu uuid moduli ichidagi uuid4() funksiyasi.

Bu funksiya dastur davomida noyob (takrorlanmaydigan) ID raqam talab qilinganda ishlatilishi mumkin. Misol uchun, sahifangizdan ro'yxatdan o'tgan har bir foydalanuvchi uchun yangi ID raqam yaratishda uuid4() funksiyasi juda asqotadi.

uuid4() funskiyasi 2¹²² (5 undesillion) kombinasiya orasidan tasodifiy, 128-bit uzunlikdagi son qaytaradi. Ya'ni bu shunchlaik uzunki (36 ta 0 lik son) qaytgan son insoniyat hayotida hech qachon takrorlanmasligiga ishonsak bo'ladi.

Читать полностью…

Sariq Dev

AQSh Oq Uy o'zining bosh sahifasida dasturchilarni ishga olish haqida yashirin e'lon qoldirgan.

Joe Biden prezident bo'lganidan so'ng yangilangan www.whitehouse.gov bosh sahifasining HTML kodida "Agar siz bu xabarni o'qiyotgan bo'lsangiz bizga sizning yordamingiz kerak" mazmunida komment qoldirilgan.

Ba'zida burnimiz tagidagi imkoniyatlarni ko'rmay qolamiz.

Читать полностью…

Sariq Dev

Dasturchilar zerikkanda nima qiladi?

Masalan AQShdagi Slack firmasi muhandisi Bertrand Fan mana snunday mini kinoteatr yasabdi.

Lekin, menga bu kinoteatrdan foydalanish biroz noqulayroq tuyuldi.

Siz nima deysiz?

Читать полностью…

Sariq Dev

Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.

Читать полностью…

Sariq Dev

Shu postdan ilhomlangan bir obunachimiz istalgan matnni qo'lyozma shakliga o'tkazib beradigan telegram bot yozibdi.
Qoyil qolmay iloji yo'q.
Sinab ko'ring: @Konspektrobot

p.s. Reklama emas. Obunachilar orasida shunday iqtidorli yigitlar borligidan hursandman xolos.

Читать полностью…

Sariq Dev

Pythonda hech qanday vazifa bajarmaydigan, lekin juda ham #foydali pass operatori mavjud.

Odatda, bu operatordan bo'shliqlarni vaqtincha to'ldirishda foydalaniladi.

Misol uchun siz bir funksiyani yozishni o'ylab qo'ydingiz, funksiyaga nom berdingiz, lekin uning kodi (badani) tayyor emas. Agar funksiyani bo'sh qoldirsangiz, Python IndentationError xatoligini beradi. Mana shunday holatlarda pass operatori sizning xaloskoringiz.

Huddi shu kabi, klasslar yaratishda ham, klass ichidagi metodlarning nomini o'yladingiz, lekin kodi hali tayyor bo'lmasa, bo'shliqni vaqtinchaga pass bilan to'ldirib ketasiz.

Bu operatordan tsikllar yoki shartlar badanini vaqtincha to'ldirib turishda ham foydalanish mumkin.

Читать полностью…

Sariq Dev

Pythondagi #foydali modullardan biri bu difflib moduli.

difflib moduli tarkibidagi funksiyalar yordamida matnlar, ro'yxatlar va hatto fayllar o'rtasida o'xshashlik (yoki farqni) osongina topishimiz mumkin.

Misol uchun, get_close_matches() funksiyasi biror ro'yxat ichidan berilgan elementga o'xshash elementlar ro'yxatini qaytaradi. Bunda biz o'xshashlik nisbatini va o'xshash elementlar sonini ham berishimiz mumkin.

Yoki, SequenceMatcher funksiyasini olaylik. Bu funksiya ikki ro'yxat (yoki matnni) solishtirib, ularning bir-biriga o'xshashlik koeffisientini qaytaradi (.ratio() metodi)

Tushunarli bo'lishi uchun rasmdagi misollarga e'tibor qiling.

Yanayam tushunarli bo'lishi uchun esa zudlik bilan Pythonda difflib modulini sinab ko'ring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.

Читать полностью…

Sariq Dev

Malayziyada karantin 2.0 😷. O'zbekistonda koronavirus nimaligi esilardami?

Читать полностью…

Sariq Dev

Yangi #foydali maslahatlar ruknini boshlaymiz.

Qisqa satrlarda Pythondagi foydali funksiyalar, metodlar, modullar va boshqa narsalar haqida maslahat berib boramiz.

Bugun Pythonda matn tarkibini tekshirish uchun qulay metodlar bilan tanishamiz.

Misol uchun siz foydalanuvchidan ismini (yoki yoshini) kiritishni so'radingiz, rasmdagi metodlar yordamida kiritilgan matn tarkibini tekshirib olishingiz mumkin.

Masalan, .isalpha() metodi kiritilgan matn faqatgina harflardan iborat bo'lsa True aks holda esa False qiymat qaytaradi.

Huddi shu kabi, .isdigit() metodi yordamida, foydalanuvchi kiritgan matn son ekanligini tekshirib olishimiz mumkin.

Bu bizga dasturimizdagi xatoliklarning oldini olishga yordam beradi.

Qolgan metodlarni rasmda ko'rishingiz mumkin. Vaqtni zoe ketqizmasdan, o'rgangan bilmingizni sinab ko'ring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/RBNbmgtHSj0

Ushbu darsimizda matnlarni Kirilldan Lotin alifbosiga (va aksincha) o'tkazuvchi Telegram bot yasashni o'rganamiz.

Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/amaliyot/27-cyr2lat-bot

Darsning ikkinchi qismi quyida 👇

Читать полностью…

Sariq Dev

Bugungi dars anonsi 😎

Читать полностью…

Sariq Dev

Internet brauzerlar janggi.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://m.youtube.com/watch?v=H1pTJ24L6_8&feature=youtu.be

Ushbu darsimizda "So'z topish" o'yining kodi bilan tanishamiz.

Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/amaliyot/26-guess-the-word

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Yangi darsimiz tayyor bolguncha 3D yordamida nimalar qilish mumkinligi bilan hayratlanib turing.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
📖 PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
🖼 JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/JnoQ-2SFPnY

Ushbu darsimizda Pythonda Vorislik va Polimorfizm haqida gaplashamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/oop/30-vorislik-polimorfizm

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Pythondagi #foydali xususiyatlardan yana biri bu bir qator kod bilan ro'yxat yaratish qulayligi (list comprehension).
Misol uchun sizga 1 dan N gacha sonlarning kvadrati kerak. Buni loop tsikli yordamida yozsangiz tahminan shunday kod bo'ladi:
kv = []
for x in range(10):
kv.append(x**2)

Pythonda huddi shu natijaga 1 qator kod bilan erishish mumkin:
kv = [x**2 for x in range(10)]

Yoki, biror ro'yxatdan juft sonlarni ajratib olish talab qilinsa:
sonlar = [12, 14, 8, 4, 9, 32, 21, 3, 5, 19]
juft_sonlar = [x for x in sonlar if x%2==0]

Ozgina kreativlik bilan, bu usul yordamida kodingizni ancha soddalashtirishingiz mumkin. Misol uchun, sonlar orasidan ma'lum shartlarga javob beruvchi sonlarni ajratib olish, matnlar orasidan ma'lum harfga boshlanuvchi yoki ma'lum uzunlikdagi matnlar ro'yxatini shakllantirish va hokazo.

Vaqtni zoe ketkazmay, o'rgangan bilimingizni darhol Pythonda sinab ko'ring.

Читать полностью…

Sariq Dev

Mendan ba'zilar reklama so'rashadi. Men hali reklamaga tayyor emasman. Agar kanal original kontentga boy bo'lsa, o'zim tavsiya qilaveraman.

Bugungi tavsiyalar:

👨‍💻HTML, CSS, JS va umuman web dasturlashga qiziqqanlar uchun Muhammadjavoxir Suratovning kanali: @mayoquz

💻 Yii, MySql darslar uchun, Sardor Dushamov: @sardoroga_blog

🐍 Python, xususan Django frameworkini o'rganmoqchi bo'lganlarga: @botirziyatov (Botir aka bilan tanish emasman, lekin juda tanishishni istar edim).

🇺🇲 Yana bir full stack dasturchi, AQShdagi hamyurtimiz, Saidbek Arislonovning kanali: @saidbekarislonov

🖥️ Mega dasturchi, Akmal Kadirov (tanishtirishga hojat yo'q): @kadirovDev

Yana bir mega dasturchi, Farhod aka, Malayziyadagi yurtdoshimiz: @virtualdars

Bu hozir, ayni daqiqada esimga kelgani.

Men yaxshi kanallarni tavsiya qilishdan charchamayman. Sifatli kontent qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

Izohlarda siz ham maslahat bering.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/wWMGRlLTw48

Ushbu darsimizda Pythonda Obyketlar ustida turli amallar bajarishni ko'ramiz.

Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/oop/29-obyektlar-bilan-ishlash

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/Mi0GzaBguEQ

Ushbu darsimizda Pythonda Klass va obekt yaratish haqida gaplashamiz.

Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/oop/28-klasslar

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

Читать полностью…

Sariq Dev

Aksar dasturchilarning ilk mustaqil loyihasi don-don-ziki o'yinini yaratish bo'ladi. Bu o'yin dasturchida tasodifiy sonlar bilan ishlash, algoritm tuzish va mantiqiy fikrlash kabi ko'nikmalarni shakllantiradi.

Videoda ko'rib turganingiz Tokyo Universitetining Ishikawa Oku laboratoriyasi talabalari tomonidan yaratilgan don-don-ziki o'ynaydigan robot.

Sun'iy intellekt va o'ta tez kamera bilan qurollangan robotning yutush koeffisienti 100% ga teng. Ya'ni hech qachon yutqazmaydi. Qizig'i bu bir martalik loyiha emas, robot yillar davomida takomillashtirib kelinadi.

Tak chto, don-don-ziki ustidan kulormelar 😀.

Darvoqe, Tashkent citydagi chempionat nima bo'ldi?

Читать полностью…

Sariq Dev

Uzoq kutilgan mavzu: Object Oriented Programming.
Ushbu video bilan Python OOP ga qadam qo'yamiz.

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.

https://www.youtube.com/watch?v=1CascMOFoi0

Читать полностью…

Sariq Dev

Bizga qo'shni 🗂 PYTHON DASTURLASH TILI kanalida turli foydali maqola va qo'llanmalar chop etib borilayapti.

Darslarimizga yaxshi qo'shimcha.

🐍 Pythonda Google Translate API bilan ishlash !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1124

🐍 Pythonning PyGame modulidan foydalanib "Snake" - 🐍 "Iloncha" o'yinini yaratamiz !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1123

🐍 Python dasturlash tiliida yaratilgan .py faylini .exe faylga o'tkazish !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1134

🐍 Python dasturlash tili yordamida Telegramda profil rasmini soatga aylantiramiz !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1141

🐍 Pythonda rasmga so'z yozuvchi dastur yaratamiz !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1166

🐍 Pythonda kodlash !!! Bu maqolani albatta saqlab qo'ying. Ayniqsa python dasturlash tilini mustaqil o'rganayotgan bo'lsangiz !!! 😉 👇
/channel/python_uzbek_coder/1181

🔰 Git va Guthub haqida !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1184

🐍 Pythonda sodda interfeysli diktafon yaratamiz !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1200

🔰 Windowsga pipni o'rnatish !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1210

🐍 Pythonda rasmdagi obyektlarni aniqlaymiz - Deep Machine Learning !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1211

🐍 Pythonda 2 kishilik PING-PONG o'yinini yaratamiz !!! 👇
/channel/python_uzbek_coder/1224

🔰 Dasturlashni endi boshlagan kishi loyihalar uchun mashq va g'oyalarni qayerdan topishi mumkin❓👇
/channel/python_uzbek_coder/1225

P/C: Albatta bu maqolalar hali hammasi emas. Boshqa maqolalardan ham boxabar bo'lishni xoxlasangiz #Maqola heshtegidan foydalaning !!!

@python_uzbek_coder - python dasturlash tilini biz bilan o'rganing !!!

Читать полностью…

Sariq Dev

Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/3IhFJ3UU9EM

Ushbu darsimizda matnlarni Kirilldan Lotin alifbosiga (va aksincha) o'tkazuvchi Telegram bot yasashni o'rganamiz.

Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/amaliyot/27-cyr2lat-bot

Darsning birinchi qismi yuqorida 👆

Читать полностью…

Sariq Dev

Dars chiqquncha esa o'zingizni, do'stim Saidbek Arislonov bilan bo'lgan suhbat bilan chalg'itib turing.
Qachonlardur shu yigit ham siz turgan bosqichda bo'lgan.
Aslida muvaffaqiyat siz o'ylagandan ko'ra ancha yaqinroq. Ozgina harakat qilsangiz bo'ldi.

https://youtu.be/N2CN7pYcR-I

Читать полностью…

Sariq Dev

Quyosh sistemasidagi sayyoralarning quyoshga nisbatan joylashish tartibi, bir-biriga nisbatan hajmi, aylanish tezligi va burchagi.

Yer va Marsda 1 sutka 24 soatga yaqin bo'lsa, Yupiterda 9 soat, Venerada esa 243 kun davom etar ekan. Bekorg Ilon Mask Marsga uchaman demas ekanda.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Musulmonlar haqida ma'lumotlarni sotuvchi yana bir dastur aniqlandi. Vice nashriga ko'ra 10 milliondan ortiq obunachilarga ega Salaat First dasturi har 2 daqiqada foydalanuvchining geo-joylashuvini aniqlab, ma'lumotlarni Fransiyaning Predico firmasiga yuboradi.

Predico firmasi esa o'z navbatida bu ma'lumotlarni ochiq bozorda sotadi. Firma mijozlari orasida AQShning Federal Tergov Byurosi (FBR) va AQShning chegara xizmati.

Vice nashri qo'liga kiritgan ma'lumotlar bazasida dastur foydalanuvchilari haqida quyidagi ma'lumotlar saqlanishi aniqlangan: qurilmaning geokordinatalari, telefon modeli va operasion tizimi, IP manzili, ma'lumot olingan vaqti va eng muhimi foydalanuvchiga xos bo'lgan yagona ID raqami. Bu ID yordamida foydalanavchuning kundalik harakatlarini o'ta daqiqlik bilan kuzatib borish mumkin.

Toki o'zimizning milliy mahsulotlarimizni ishlab chiqmas ekanmiz, o'zimiz mahsulot bo'lib yuraveramiz.

@sariqdev

Читать полностью…

Sariq Dev

Muvafaqqiyat, maqsad, rejalar, talant haqida Jamshid aka Muslimovdan foydali maslahatlar.

Читать полностью…
Subscribe to a channel